<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><aka>Men gunohkor boʻlib</aka>
<author>Sobir Umurov</author>
<lyrics>[V1]
 Men gunohkor boʻlib dunyoga kelgan ekanman
 Onam meni gunoh ichida tuqqan ekan
 Ey Xudo Sen koʻngillardan haqiqatni qidirasan
 Yashirin qalbimga hikmatni oʻrgatasan bilsam gar
 Meni issop bilan tozalab pok boʻlay
 Meni yuvgin qordan ham oq boʻlay
 Menga shodlik xursandchilik mujdasin keltir
 Sen ezgan suyaklarimga yana jon quvonch kirsin
 Gunohlarimdan yuzingni oʻgirgin
 Barcha yomonliklarimdan meni kechirib yuborgin
 Ey Xudo menda pok yurakni yaratgin
 Ichimda yangi sokin ruhni paydo etgin

[C1]
   // Ey Xudo menga inoyat inoyat qilib
   Mehribonlik koʻrsatgin cheksiz rahm-shafqating tufayli
   Qonunsiz ishimdan kechib yuborgin //
   Kechib yuborgin ey Xudo

[V2]
 Qilmishimni qonunsizlik deb tan olaman
 Qilgan gunohim koʻz oʻngimdadir meni mudom
 Men Senga faqat Senga qarshi gunoh qildim
 Seni koʻz oldingda men yomonlik qildim
 Sen esa soʻzingda doimo barhayotsan
 Hukm qilganingda faqat odilsan
 Aybimni tamoman yuvib tashla meni
 Gunohimdan meni tozalagin yo Rab

[C2]
   // Ey Xudo menga inoyat inoyat qilib
   Mehribonlik koʻrsatgin cheksiz rahmm-shafqating tufayli
   Qonunsiz ishimdan kechib yuborgin //
   // Aybimni tamoman yuvib tashla
   Gunohimdan meni tozalagin yo Rab //

[V3]
 Men gunohkor boʻlib dunyoga kelgan ekanman
 Onam meni gunoh ichida tuqqan ekan
 Sen koʻngillardan haqiqatni qidirasan
 Yashirin qalbimga hikmatni oʻrgatasan yo Rab
 Men Sendan minnatdorman ey Xudo
 Mana shuni ochib berganingdan
 Men Sendan minnatdorman yo Rabbiy
 Meni kechirganingdan kechirganingdan
 Ey Xudo kechir meni kechir meni
 Senga tavba qilaman
 Xudoyim meni kechir
 Senga imon keltirib men baxtliman
 Senga hamdu sanolar aytib Seni koʻylayman

[C3]
   Ey Xudo menga inoyat inoyat qilib
   Mehribonlik koʻrsatgin cheksiz rahm-shafqating tufayli
   Qonunsiz ishimdan kechib yuborgin
   // Ey ey Xudo menga inoyat inoyat qilib
   Mehribonlik koʻrsatgin cheksiz rahm-shafqating tufayli
   Qonunsiz ishimdan kechib yuborgin //
   //// Aybimni tamoman yuvib tashla
   Gunohimdan meni tozalagin yo Rab ////</lyrics>
<title>Inoyat</title>
</song>